Skip to content

From the paper

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda zamonaviy bank xizmatlarini rivojlantirish asosida tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi doirasida «Bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta‘minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish», shuningdek, «moliyaviy xizmatlar hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining 243 erkin resurslarini joylashtirishda muqobil manba sifatida investitsiya bozorini rivojlantirish» vazifalari belgilandi. Globallashuv sharoiti mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini ham jadallashtirib yubordi. Bu sur‘atlar ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, sport, qo‘yingki, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida o‘z ifodasini topyapti.

Read the full text (PDF) →