Skip to content
Research article

Biznes loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklari kreditlaridan foydalanish masalalari

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.24316871

From the paper

Xalqaro amaliyotda biznes vakillarining biznes g‘oyani moliyalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishi hamda yetarli kapital jalb qila olmasligi natijasida biznes faoliyatini samarali tashkil eta olmasligi holatlari tez-tez uchraydi. Mazkur masalani ijobiy hal qilish maqsadida so‘nggi o‘n yilliklarda biznes loyihalarini moliyalashtirishning yangi usullari va shakllari yuzaga keldi. Shunga qaramasdan kompaniyalar biznes loyihalari moliyalashtirishning an‘anaviy usullaridan, jumladan, tijorat banklari kreditlaridan hanuzgacha keng miqyosda foydalanib kelmoqda va mazkur holatni xorijiy mamlakatlar tajribasida ham, milliy amaliyotda ham kuzatish mumkin. Biznes loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini o‘rganish orqali ta‘kidlash lozimki, mazkur moliyalashtirish shaklidan ancha yillardan beri foydalanilayotganligiga qaramasdan turli darajada rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda biznes loyihalari moliyalashtirishda tijorat banklarining mablag‘laridan foydalanish shartlari hamda imkoniyatlari turlicha shakllangan.

Read the full text (PDF) →