Research article
Elektron darsliklar yaratish uchun dasturiy asoslar haqida umumiy ma’lumot
Abstract
Ta’limda elektron resurslardan foydalanish bilim olishning keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda masofaviy ta’lim elektron darsliklar yaratishni taqozo etadi. O‘quv materiallarini loyihalash uchun juda ko‘p turli xil vositalar mavjudligi to‘g‘ri mahsulotni tanlashda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Ushbu tadqiqotda elektron nashrlarni ishlab chiqish uchun ba’zi dasturiy vositalarning xususiyatlari ko‘rib chiqiladi va ularni tasniflashga harakat qilinadi.