Skip to content
Research article

Amir Temur iqtisodiy siyosatining ayrim masalalari

From the paper

Mavzuning dolzarbligi: Tarix fanida davlatning kelib chiqishi va mavjudligi toʻgʻrisida alohida nazariyalar ishlab chiqilgan. Ana shunday nazariyalardan biri davlatni mavjudligini saqlab qolmoq uchun soliq, moliya va bank kabi iqtisodiy omillardir. XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashagan bir qator tadqiqotchilar insonning tiriklik manbai iqtisod ekanligini ta'kidlab, “odamlar oʻylamoqlari uchun emoqlari kerak” degan xalqona fikrni ilgari surishgan. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka qadam qoʻyishi bilan “Oʻzbek modeli” nomi bilan olib borilgan islohotlarning asosiy boʻgʻini ham iqtisodiy masalani tashkil qilgan boʻlib, xususan, iqtisodning siyosatdan ustuvorligi tamoyili Oʻzbekistonni rivojlantirishning besh tamoyilining dastlabki ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan edi. Xullas, iqtisodiy masala har bir davrda, har qanday jamiyatning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblangan. Biz quyida fikr yuritib mushohada qilmoqchi boʻlgan mavzu ham iqtisodiy masalalarga bogʻliq boʻlib, uning asosiy mazmunini oʻrta asr Temur davlati va Temuriylar davlatchiligidagi mulk, soliq, xazina, gʻazna kabi tushunchalar bilan bogʻliq.

Read the full text (PDF) →