Elektron hukumat va elektron hukumatni joriy etish jahon tajribasi
From the paper
XX-XXI asrning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bu raqamli iqtisodiyotdir. Bizning fikrimizcha raqamli iqtisodiyotning yo’nalishlaridan biri bo’lib elektron hukumat hisoblanadi. Ushbu tizimni bilish va unda faol ishtirok etish jamiyatimizdagi xar bir fuqarosi uchun muhimdir. Chunki ushbu jarayonda inson manfaati, omillari va himoya tizimi birlamchidir. Shuning uchun ushbu tizim haqida ma’lumot berishni vazifamiz deb bildik. Elektron hukumat-Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat bo’lib birinchi marta AQShda 1991 yilda qamrab olingan edi, ammo hozirgi kunda xalqaro amaliyot ushbu tizimni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha yetarli tajribani to‘plab qo‘ygan. Dunyoning ilg‘or davlatlarining aksariyatida mamlakatning axborot rivojlanish strategiyasini ta’minlaydigan kompleks dasturlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan.