Skip to content

From the paper

Erkinlik namoyon bo‘lish shakllariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: ahloqiy erkinlik, huquqiy erkinlik, siyosiy erkinlik va hokazo iqtisodiy erkinlik, vijdon erkinligi, ma’naviy erkinlik va hokazo. Masalan, vijdon erkinligi fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga ishonmaslik huquqini anglatadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Konstitutsiyasining 35-moddasida: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” 9 , – deb yozib qo‘yilgan. Hozirda mamlakatimizda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” qonun qabul qilingan bo‘lib, unda vijdon erkinligining mamlakatimizdagi asosiy tamoyillari o‘z ifodasini topgan 10 . Bundan ma’lum bo‘ladiki, vijdon erkinligi demokratiyaning ajralmas, tarkibiy qismidir.

Read the full text (PDF) →