Skip to content

From the paper

Bugungi kunda dunyodagi global o‘zgarishlar sharoitida o‘ziga xos yangicha yondashish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Buning sabablarini esa ijtimoiy-falsafiy fikr tarixida erkinlik va mas’uliyat masalasidagi nuqtai nazarlar dinamikasini o‘rganish asosida izohlashga harakat qilamiz. Ma’lumki, inson o‘z fe’l-atvorini, kayfiyatini boshqarishga qobilligini iroda erkinligi asosida ro‘yobga chiqaradi. Bu xususda arab-islom falsafasining yirik namoyondalaridan biri Yusuf Ibn-Ishoq al-Kindi (803-872 y.y.)ning qarashlari diqqatga sazovordir. U o‘zining “Gʻamdan qanday saqlanish zarur?” nomli risolasida “Bizga g‘amu anduhlardan saqlanib, baxtli yashash uchun kurashish imkoni berilgan” 15 , deb yozadi. Al-Kindi ana shu imkoniyatni o‘zining qiyidagi o‘git va nasihatlarida asoslashga urinadi. Bular quyidagilar: - birinchisi, har handay g‘am-anduh insonda sababsiz yuzaga kelmaydi, balki qaysidir hatti-harakati tufayli yo o‘zi tomonidan, yoki o‘zgalar tufayli yuzaga keladi; - ikkinchisi, har qanday xafagarchilik vaqti-soati bilan unutiladi; - uchinchidan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, barchada yo‘qotish, muayyan narsadan ajrab qolish holati bo‘ladi, xafagarchilikdan butunlay holi yashovchi odamning o‘zi yo‘q, chunki g‘am chekish insonning holati bilan bog‘liq.

Read the full text (PDF) →