Iqtisodiy o‘sishda innovatsion faollikni rivojlantirish yo‘llari
From the paper
Bugungi tezkor o‘zgarish va yangilanishlar davrida kutilayotgan qisqa va uzoq istiqbodagi turli vaziyatlarga har tomonlama puxta tahlil asosida oqilona yеchimga tayangan holdagina moslashish mumkin. Xo‘jalik faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur axborotni olish, aniq tadbir, tashabbus asosida omillarning eng maqbul kombinatsiyalarini ishga tushirish masalasi hozirgi kundagi eng dolzarb muammolardan biridir. Mazkur muammo barcha sohalarda eng ustuvor ahamiyatga ega ekanligini chuqur anglagan holda faoliyat olib borayotgan sub`ektlar salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani hammaga ma`lum. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar еtkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”[1] deb belgilangan. Ushbu 254 me`yor yurtimizdagi barcha jismoniy va huquqiy shaxslarni mavjud qonunchilik talablariga so‘zsiz itoat etishga undaydi. Bunda eng avvalo, amaldagi huquqiy mezonlarni professional darajada o‘rganib borish zarur.