Iqtisodiyotda korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash
Abstract
Mamlakatda o’zaro bir birining ishlab chiqarish faoliyatiga bog’liq bo’lgan tarmoqlarning o’zaro bog’liqlikni (aloqani) tashkil etish bilan qo’shimcha qiymatning butun zanjiriga samarali ta’sir ko’rsata oladigan innovatsiyani alohida turini – “Yalpi innovatsion mahsulot” ni yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Tarmoqlararo balans asosida tarmoqlarning o’zaro ta’sirini baholashni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan kadrlarning malakasini oshirish uchun zaruriy xarajatlarni kamaytirishga imkon yaratiladi. Tarmoqlararo kooperatsiya natijasida investitsiyalarni jalb etish shart-sharoitlari, investitsiyalarni faoliyat sohalari bo’yicha taqsimlash jarayoni yaxshilanadi, yuqori sifatli inson kapitali shakllantiriladi.