Research article
Barqaror moliyaviy hisob yuritishda kadrlar malakasi va ta’lim sifati bilan bog’liq masalalar
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida barqaror moliyaviy hisob yuritishda kadrlar malakasi va ta’lim sifati bilan bog‘liq dolzarb muammolar tahlil qilinadi. Moliyaviy hisob sohasida zamonaviy talablar asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash zarurati, ta’lim tizimidagi mavjud kamchiliklar, amaliyot va nazariya o‘rtasidagi tafovutlar yoritiladi. Real holatga asoslangan holda mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada xalqaro tajriba ham qisqacha o‘rganilib, O‘zbekiston uchun mos takliflar ilgari surilgan.