Research article
Makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalari asosida respublikada barqaror iqtisodiy o‘sishni modellashtirish
Abstract
Ushbu maqolada respublikada barqaror iqtisodiy o’sishni modellashtirishda makroiqtisodiy ishlab chiqarish funktsiyalarining roli o’rganiladi. Ishlab chiqarish funktsiyalari iqtisodiy o’sishni tahlil qilish va prognoz qilish uchun muhim vosita hisoblanadi. Maqolada Kobb va Duglas va CES kabi asosiy ishlab chiqarish funksiyalari tahlil qilinadi va ularning respublika iqtisodiyoti sharoitlariga moslashuvi ko’rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ishlab chiqarish funksiyalari asosida barqaror iqtisodiy o’sishni modellashtirish bosqichlari, jumladan ma’lumotlar yig’ish, modelni tanlash va baholash, prognozlash kabi masalalar muhokama qilinadi.