Research article
Raqamli valyutalarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri va ahamiyati
Abstract
Ushbu maqola raqamli valyutalar va blokcheyn texnologiyalarining moliya tizimiga ta’sirini tahlil qiladi. Unda raqamli valyutalarning mohiyati, blokcheyn texnologiyasining xususiyatlari va afzalliklari, shuningdek, ushbu texnologiyalarning bank xizmatlari, to‘lov tizimlari va moliyaviy regulyatsiyalarga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani muhokama qilinadi. Kelajakda raqamli iqtisodiyot rivojida markaziy banklarning raqamli valyutalari (CBDC), DeFi tizimlari va boshqa texnologik yangiliklarning o‘rni batafsil yoritilgan. Mazkur maqola raqamli texnologiyalar va moliya sohasidagi yangi imkoniyatlarni o‘rganishga qiziqqan o‘quvchilar uchun foydali ma’lumot beradi.