Skip to content
Research article

Sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligiga raqamli texnologiyalar ta’siri

From the paper

Hozirgi davrda sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va mahsulot sifatini yaxshilash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Raqamli transformatsiya – bu sanoat jarayonlariga avtomatlashtirish, sun’iy intellekt, IT, “Big Data” texnologiyalari, raqamli monitoring va tahlil tizimlarini joriy etishni anglatadi. Ushbu texnologiyalar yordamida resurslardan foydalanish samaradorligi ortadi, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar kamayadi hamda menejment tizimi aniq va tezkor qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi doirasida 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasida ham sanoat tarmoqlarini raqamlashtirish alohida yo‘nalish sifatida belgilangan. Shu jihatdan olib qaralganda, sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash masalasining ilmiy asoslarini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir.

Read the full text (PDF) →