Andijon viloyati hududiy sanoat tarmog‘ining rivojlanishda personalni boshqarish holatini va o‘zgarish tendensiyalari
From the paper
Iqtisodiyotning sanoat tarmog‘ida, jumladan yengil sanoat tarmog‘ida personalni boshqarish holatini aniqlash, bu yo‘nalishni rivojlantirish tendensiyasini aniqlash, 318 ushbu tarmoqning respublikamiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni, YaIMdagi hissasi, o‘rganilayotgan hududning respublika YaIMdagi ulushi, unda o‘rganilayotgan tarmoqning tutgan o‘rni, uning o‘zgarish dinamikasi, o‘zgarish holatlari, unga ta’sir yetuvchi omillarni har tomonlama, chuqur o‘rganish muhimdir. Har qanday davlatning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash uchun ushbu davlatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmini o‘zgarish darajasini bilish zarur. Andijon viloyatining 2011–2024-yillar oralig‘ida ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish darajasini respublika ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy taqqoslaymiz. Shu sababli respublika bo‘yicha yaratilgan jami sanoat mahsulotini viloyatlar bo‘yicha qiyosiy taqqoslaganda uning asosiy qismi Toshkent shahriga 19,1%, Toshkent viloyatiga 18,4%, Navoiy viloyatiga 16,3% hamda Andijon viloyatiga 8,0% to‘g‘ri kelgan. Bu tendensiya 2011-2024-yillar oralig‘ida saqlanib qolganligini ko’rishimiz mumkin. Viloyatda hududiy mahsuloti mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2011-yilda 6,0% ini tashkil yetgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib ushbu ko‘rsatkichning salmog‘i 5,9% yoki 0,1% ga pasaygan.