Tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish
From the paper
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirishda tadbirkorlikning o‘rni beqiyosdir. Shu boisdan ham so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik subyektlari iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatida nafaqat ichki bozorni to‘ldirish, balki eksport salohiyatini oshirish, innovatsion g‘oyalarni joriy etish hamda hududiy rivojlanishga hissa qo‘shmoqda. Tadbirkorlik bugungi dunyoning 433 asosiy dinamikalaridan biri hisoblanadi. Buning bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlari (masalan, korxonalar, tashkilotlar, va shaxslar) moliyalashtirish yo‘llarini takomillashtirishni talab qiladi. Bu moliyalashtirish yo‘llari, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun muhimdir. Bundan tashqari, aholi bandligini ta’minlashning muhimligi ham paydo bo‘ladi. Aholi bandligi, tadbirkorlikning samaradorligini, jamoatni o‘sishini va insonlarning hayot darajasini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda.