Skip to content

From the paper

Makaron mahsulotlari bug‘doy uni vasuvdan tayyorlangan xamirdan shakl berib tayyorlangan mahsulotni 13% va undan past namlikkacha quritib tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Amaldagi standartlarga kо‘ra, makaron mahsulotlari suv va unni aralashtirib, turli usullarda shakl berib va quritib tayyorlangan oziq - ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Bundan makaron mahsulotlari donli va boshqa о‘simliklardan, ularni qayta ishlash mahsulotlaridan, qо‘shimcha xomashyolar qо‘shib yoki qо‘shmasdan tayyorlanishi mumkin [1]. Makaron mahsulotlarining quyidagi turlari mavjud: qо‘shimcha xomashyolar qо‘shmasdan tayyorlangan - tabiiy; bug‘doy uni va suvdan tuxum mahsulotlari qо‘shib yoki qо‘shmasdan tayyorlangan - an’anaviy; 14 yoshgacha bо‘lgan bolalar ovqatlanishi uchun mо‘ljallangan makaron mahsulotlari; qaynatishni talab qilmaydigan - tez tayyor bо‘ladigan; davolovchi va parhezbop ovqatlanishga mо‘ljallangan- diyetik. Makaron mahsulotlari namligining pastligi, mexanik mustahkamligining yuqoriligi, tarkibida tez buzuluvchi, gigroskopikligi yuqori bо‘lgan qо‘shimchalar va moddalarning yо‘qligi, bir yildan ortiq muddatda ta’m va oziqaviy xossalarini о‘zgartirmasdan saqlanishi sababli ularni “xamir konservalari” deb atash mumkin [2].

Read the full text (PDF) →