Skip to content
Research article

Savdoda muomala xarajatlari va tovarlar hisobi xususiyatlari

From the paper

Jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyatlarining bir turi savdo hisoblanib, u ishlab chiqarish sohasini iste’mol sohasi bilan bogʻlovchi bo‘g‘indir. Savdo yaratilgan mahsulotlarni o‘z iste’molchilariga еtib borishini ta’minlaydi. Savdo makon va zamonda takror ishlab chiqarishni amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir. Savdo tovar-pul munosabatlarining majmuasidir. Ushbu munosabatlarda bir tomondan sotuvchi, ikkinchi tomondan esa sotib oluvchi ishtirok etadi. Tovar-pul munosabatlari majmuasi savdo iqtisodiyotining maxsus tarmog‘i darajasida harakat qilishiga olib keladi. Tabiiyki maxsus tarmoq sifatida savdoda daromadlar va xarajatlarni hisobga olishning xususiyatli jihatlari mavjud. Xarajatlar - bu aktivlarning kamayishi yoki foydani ko'paytirish maqsadida xo'jalik faoliyatidan kelib chiqadigan majburiyatlarni o'z zimmasiga olish orqali ro'y beradigan iqtisodiy resurslarning kamayishidir.

Read the full text (PDF) →