Skip to content
Research article

Mashinasozlik korxonalari elektr iste’molchilarini rele himoya va avtomatika tizimini takomillashtirish

From the paper

Mashinasozlik korxonalarida rele himoya va avtomatikasi tizimi elektr qurilmalarini favqulodda sodir bo‘ladigan qisqa tutashuvlar va buzilishlar hamda normal bo‘lmagan rejimlarni avtomatik ravishda o‘chirish yoki sozlash uchun xizmat qiladi. Elektr iste’molchilari o‘ziga yuklatilgan vazifalarni benuqson bajarishi korxona ish halotini uzluksiz va ishonchliligini kafolatlaydi. Elektr tarmoqlarida yuklamalarni va uzatish liniyalarining uzunlik masofalarini ortib borishi energotizim turg‘unligini saqlashda rele himoyasiga murakkab va ma‘suliyatli vazifalarni yuklaydi. Shu munosabat bilan rele ximoyasi texnikasi doimiy rivojlanishda bo‘lib, yanada puxta va ishonchli jixozlar bilan to‘ldirilib, rivojlanayotgan zamon talablariga javob berishi kerak. Rele ximoyasi va avariyaga qarshi (Rele ximoyasi va avtomatikasi) jixozlar elektr tarmoqlarida favqulodda sodir bo‘ladigan qisqa tutashuvlar va buzilishlar, hamda normal bo‘lmagan rejimlarni avtomatik ravishda o‘chirish yoki sozlash uchun xizmat qiladi. Ushbu jixozlarga qo‘yilgan talablarni benuqson bajarilishi energotizimni uzluksiz va ishonchli ishlashini kafolatlaydi. Rele himoya va avtomatika tizimioni talab darajasida ishlashi uchun quyidagi talablar qo‘yiladi: Selektivlik (tanlovchanlik).

Read the full text (PDF) →