Research article
Bolalarda yassi oyoqlik darajasini aniqlash va uni bartaraf etishni tadqiq qilish
Abstract
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra bolalarda tug‘ma yassi oyoqlik 3% ni tashkil etadi. Lekin noto‘g‘ri, arzon oyoq kiyimlarni kiyish oqibatida 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 60-70% da yassi oyoqlik belgilari kuzatiladi. Xorijda yassi oyoqlikni kompyuter podometriya (oyoq izlari surati) yordamida aniqlash mumkin. Bu texnologiya narxi juda ham qimmat xisoblanadi. Yassi oyoqlikning darajasini aniqlaydigan qurilma ishlab chiqildi. Biz taklif etgan usulda bola oyoqlari tenzosezgir elementlarda diagnostika qilinadi va kasallikning darajasi to‘liq aniqlanadi.