Skip to content

From the paper

Bugungi kunda tashkilotlardagi mutaxasislar hujjat bilan ishlash sohasida kompyuterdan asosan yozuv mashinkasi sifatida foydalanishadi. Biroq, kompyuter texnologiyalarini tashkilot faoliyatiga qo‘llash orqali hujjat bilan ishlashning butun davrini avtomatlashtirish imkonini taqdim etiladi. Tashkilotda hujjatlarni yaratish, ro‘yxatga olish, tahrirlash, ijro nazoratini amalga oshirish, boshqa manzilga yuborish, jurnallarni yuritish, tashkilot ichida hujjatlar harakatini tashkil etish, hujjatni ko‘zdan kechirish va tasdiqlash, elektron arxivni tashkil etish kabi hujjat ustida amallar bajariladi. Ushbu jarayonlarni avtomatlashtirish elektron hujjat aylanishni boshqarish masalasiga olib keladi. ECM tizimlar ya’ni, elektron hujjat aylanishni boshqaruvchi tizimlar masalaning ma’lum bir sohada еchimi beradi. Jahonda turli sohalar bo‘yicha mavjud dasturiy mahsulotlar tahlilini amalga oshiruvchi Gartner kompaniyasi tadqiqotlariga ko‘ra ECM – korporativ axborot rusurslarini boshqaruvchi tizim bo‘lib, turli xildagi va shakldagi tuzilmalanmagan axborot (kontent)ning hayotiy siklini qo‘llab-quvvatlash uchun strategik infratuzulma va texnik arxitekturasini ifodalaydi . Gartner ga ko‘ra ECM – tizimlari arxitekturasi o‘zaro bog‘liq va mustaqil tarzda foydalaniladigan komponentlardan iborat [1].

Read the full text (PDF) →