Kesuvchi asboblarni yeyilishini kamaytirish orqali parmalash samaradorligini oshirish
From the paper
Hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hamda uzliksizligini ta’minlash turli xil mashinalarda ko‘p qirrali indikatorli kesuvchi qo‘shimchalar bilan jihozlangan ko‘p tig‘li asboblarning ishonchliligini ta'minlashning standart usuli asbobni o‘zgartirishdan oldingi vaqtni uning ishlamay qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan holda aniqlashdan iborat. Buning uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan taklif qilingan tavsiyalar asosida kesish ma’romlari belgilanadi. Natijada. asbobni o‘zgartirish uchun kesish vaqti har doim uning ishlamay qolishigacha bo‘lgan o'rtacha vaqtdan kamroq bo‘ladi. bu esa kesish maromlarini еtarlicha baholamaslik va qimmatbaho asbob materiallarini ko‘p еyilishi tufayli asbobning ishlash samaradorligini ma’lum darajada yoqotishiga olib keladi. Shunday qilib, real vaqtda diagnostika tizimlaridan foydalanish orqali torets frezalaming ish faoliyatini yaxshilash eng dolzarb vazifadir. Metallkeramika yuqori qattiqlik va issiqlikka chidamlikka ega bolgan asbob materiallarining keng tarqalgan guruhlaridan biridir. Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalarni joriy etish bilan metallakeramika asboblarning ish unumdorligini oshirish va shu bilan uni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish mumkin bo‘ldi.