Skip to content
Research article

Dorixona farmasevtik tashkilotlar faoliyatida tashkiliy hujjatlarning o‘rnini yuksaltirish

From the paper

Ma’lumki, har qanday tashkilot tashkil etilar ekan, birlamchi hujjatlar tayyorlash talab etiladi. Dorixona tashkilotlari faoliyatida tashkiliy hujjatlarning ahamiyati nihoyatda katta bo‘lib, dorixona faoliyatini huquqiy jihatdan asoslashda, yuridik maqomini belgilashda, xodimlar faoliyatini hujjatlashtirishda keng foydalaniladi. Tashkiliy xujjatlar - tashkilotning huquqiy maqomini, faoliyatini belgilaydi va bu hujjatlar quyidagi masalalarni mazmunan aks ettiradi: Yo‘riqnoma deyilganda tashkilot, uning bo‘linmalari va mansabdor shaxslar faoliyatining tashkiliy, ishlab chiqarish va maxsus jihatlarini tartibga soluvchi, qonunlar yoki boshqa me’yoriy hujjatlarni izohlagan holda tuzilgan huquqiy hujjat. Shartnoma deb, ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, uzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o‘zaro kelishuvlariga aytiladi. Shartnoma atamasi uch ma’noda: yuridik fakt; biron-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy yoki nomoddiy manfaatlar tug‘risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to‘g‘risida o‘zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi xujjat ma’nosida ishlatiladi. Bu еrda u o‘zining birinchi ma’nosi -yuridik fakt sifatida ko‘riladi va o‘rganiladi.

Read the full text (PDF) →