Chakana savdo aylanmasi va iqtisodiy tarmoqlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ekonometrik modellashtirish
From the paper
Hozirgi sharoitda hududlar iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va prognozlash iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, chakana savdo aylanmasi aholining iste’mol darajasi, bozor infratuzilmasi va iqtisodiy faollikni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich sifatida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularning o‘zaro bog‘liqligini ilmiy asosda o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Jizzax viloyatida so‘nggi yillarda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasi va investitsion faoliyatning rivojlanishi chakana savdo aylanmasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu jarayonlarni chuqur tahlil qilish, omillar ta’sirini miqdoriy baholash va kelajak rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash uchun zamonaviy ekonometrik yondashuvlar zarur. Shu nuqtai nazardan, chakana savdo aylanmasini ko‘p omilli modellashtirish orqali asosiy omillarni aniqlash va ularning ta’sir mexanizmini ochib berish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. 1-jadval. Jizzax viloyatida chakana savdo aylanmasi hajmi hamda unga ta’sir etuvchi asosiy iqtisodiy omillar ko‘rsatkichlari 28 Yilla r Chakana savdo aylanmasi hajmi (mlrd.