Skip to content
Research article

Statistika fanining tarixiy rivojlanishi va xususiyatlari

From the paper

Kishilik jamiyati vujudga kelishi bilanoq,bir qator iqtisodiy fanlar yuzaga kelgan. Albatta ularning paydo bo’lishiga amaliy ehtiyojlar sabab bo’lgan.Shu jumladan, statistika faning yuza kelishi ham uzoq tarixiy davrga borib taqaladi. Qadim tarixdan ma’lumki, harbiy maqsadda askarlar sonini bilish maqsadida va ulardan undiriladigan soliq tulovlarini hisob - kitob qilish maqsadida aholi sonini bilishga zaruriyat tug’ilgan. Bu jarayon o’z o’rnida davlat tamonidan aholi soni darajasini va barcha demografik jarayonlarni nazorat qilishga chorlagan. Asosan agro sohada, hunarmandchilik, savdo-sotiq, sanoat va boshqa xalq xo‘jaligi sohalarining doimiy taraqqiyoti bu jarayondagi voqea va hodisalarni doimiy ravishda kuzatib borishliligini taqozo qilgan hisoblanadi. Shu tufayli statistika va mazkur fanning bir qator fanlar tarmoqlari yuzaga keldi. Bozor munosabatlari va aholi mulkiy munosabatlari orasida o‘zaro aloqalarning rivojlanishi natijasida aralash iqtisodiyotning keng qamrovli joriy qilina boshladi. Bu esa, davlat va jamiyat hayotida statistikaning ahamiyatini yanada muhim qilib shakllantiradi.

Read the full text (PDF) →