Research article
P2P kredit platformalarida ishtirok etish shartlari va imkoniyatlari: O'zbekiston uchun istiqbollar
Abstract
Ushbu tezisda shaxsdan shaxsga (P2P) kredit platformalarining mohiyati, ularda ishtirok etish shartlari, investor va qarz oluvchi uchun mavjud imkoniyatlar, shuningdek asosiy risklar tahlil qilingan. Jahon tajribasi va O'zbekistondagi fintech bozori rivojlanishiga doir ma'lumotlar solishtirib o'rganildi. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, P2P kreditlash an'anaviy bank tizimida xizmat ololmayotgan kichik biznes vakillari va jismoniy shaxslar uchun moliyaviy inklyuziyani ta'minlovchi samarali mexanizm bo'lishi mumkin, biroq buning uchun aniq huquqiy tartibga solish va raqamli savodxonlik darajasini oshirish zarur.