Skip to content
Research article

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda raqamli texnologiyalar: xalqaro standartlar va O‘zbekiston tajribasi

From the paper

Bugungi kunda davlat boshqaruvi, hududiy rivojlanish, ijtimoiy siyosat va agrar sohani samarali rejalashtirishda ishonchli, to‘liq va tezkor statistik ma’lumotlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Aholining soni, tarkibi, yashash sharoiti, bandlik darajasi, uy xo‘jaliklari holati, shuningdek, qishloq xo‘jaligi subyektlari, yer resurslari, chorvachilik, ekin maydonlari va agrar ishlab chiqarish salohiyatiga oid aniq ma’lumotlar mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim axborot bazasi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish nafaqat statistik tadbir, balki iqtisodiy, ijtimoiy va hududiy siyosatni ilmiy asosda shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim davlat ahamiyatiga ega jarayondir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni[1] mazkur yo‘nalishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilishi belgilangan.

Read the full text (PDF) →