Skip to content
Research article

Statistika amaliyotiga katta maʼlumotlar, sunʼiy intellekt, GIS texnologiyalari va maʼmuriy maʼlumot manbalarini integratsiya qilish yoʻllari

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy statistika tizimini transformatsiya qilishda Katta ma’lumotlar (Big Data), Sun’iy intellekt (AI), GIS va ma’muriy ma’lumotlarning o‘rni, sun’iy intellekt (AI) va katta ma’lumotlar (Big Data) asosidagi innovatsiyalarni tijoratlashtirishning global tendensiyalari va iqtisodiy samaradorligini, an’anaviy statistika usullarini modernizatsiya qilishda katta ma’lumotlar (Big Data) texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishdagi yangicha yondashuvlar hamda ularni amaliyotga joriy etishdagi mavjud muammolar tahlil qilinadi. Ma’lumotlarni yig‘ishning an’anaviy usullaridan innovatsion usullarga o‘tishning strategik yo‘nalishlari yoritiladi. Birinchi boʻlimda ma’lumotlar bozori hajmi, AI texnologiyalariga boʻlgan global sarmoyalar va ulardan olinayotgan iqtisodiy foyda koʻrsatkichlari keltiriladi. Asosiy qismda generativ AI, sogʻliqni saqlash, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va kichik hamda oʻrta bizneslar kontekstida innovatsiyalarning tijoratlashtirish strategiyalari, davlat siyosati va bozor mexanizmlari solishtiriladi. Maqola, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi farqlar, muammolar hamda samarali strategiyalar bo‘yicha tavsiyalar beradi. Natijada, AI va Big Data innovatsiyalarini samarali integratsiyalash mamlakat iqtisodiyotida barqaror oʻsishga olib kelishi mumkinligi xulosasiga kelinadi.

Keywords