Skip to content
Research article

O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligidagi o‘zgartishlar haqida

From the paper

Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-891-sonli Qonuni, O‘RQ-886-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 29 dekabrdagi PQ-422-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu karorga asosan soliq qonunchiligiga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Soliq kodeksining 17- moddasida ko‘rsatilgan yig‘imlarning turlariga yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan avtotransporti vositalari va tirkamalarning avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanish huquqi uchun yig‘im turi kiritildi. Shu munosabat bilan Soliq kodeksining 455,456,457,458 va 460-moddalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu yigim Transport vazirligi hududiy boshqarmalari tomonidan undiriladi.

Read the full text (PDF) →