Skip to content
Research article

Atrof-muhit ifloslanishini statistik tahlil qilishda parametrik va noparametrik testlardan foydalanish uslubiyati

Abstract

Ilmiy ishda atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish va statistik tahlil qilishda parametrik hamda noparametrik statistik testlarni qo‘llashning ilmiyuslubiy asoslariga bag‘ishlangan. Maqolada ekologik ma’lumotlarning o‘ziga xos xususiyatlari – normallikdan chetga chiqish, kichik tanlanma hajmi, mavsumiylik va autlayerlarning mavjudligi – statistik testlarni tanlashga ta’siri tahlil qilinadi. Xorijiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari o’rganildi va tahlil qilindi. Natijada, O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit ifloslanishi ma’lumotlari asosida statistik tahlillar amalga oshirildi va ekologik ma’lumotlar tahlili uchun bosqichma-bosqich statistik strategiya taklif etildi.

Keywords