Skip to content
Research article

Milliy statistika kadrlarini data science va zamonaviy tahliliy metodologiyalar asosida malakasini oshirish

Abstract

Ushbu tezislarda milliy statistika tizimida faoliyat yurituvchi kadrlarning data science (maʼlumotlar haqidagi fan) va zamonaviy tahliliy metodologiyalar (masalan, mashinali oʻrganish, katta maʼlumotlar, bashoratli modellashtirish) boʻyicha malakasini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va talqin qilishda yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Tadqiqotda muammoli jihatlar – eski oʻquv dasturlari, tahliliy vositalarning cheklanganligi, raqamli transformatsiyaga tayyorlikning pastligi – aniqlangan. Asosiy eʼtibor kompetensiyalar modeli, bosqichli oʻqitish tizimi, mentorlik va xalqaro tajriba integratsiyasiga qaratilgan. Yakunida statistika qoʻmitasi, oliy taʼlim va xalqaro donorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan 12 ta aniq tavsiya ishlab chiqilgan.

Keywords