Skip to content
Research article

Iste’mol narxlari indeksida verifikatsiya, validatsiya va imputatsiya jarayonlarini takomillashtirish

Abstract

Mazkur maqolada iste’mol narxlari indeksini shakllantirish jarayonida ma’lumotlar sifati va ishonchliligini ta’minlovchi verifikatsiya, validatsiya hamda imputatsiya jarayonlari ilmiy-uslubiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida INI hisoblashning amaldagi me’yoriy-uslubiy asoslari, jumladan GSBPM va GSIM talablariga tayanuvchi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish bosqichlari o‘rganilgan. Maqolaning maqsadi narx kuzatuvi tizimida xatolarni erta aniqlash, mantiqiy nomuvofiqliklarni avtomatik filtrlash va tushib qolgan kuzatuvlarni ilmiy asosda to‘ldirishga qaratilgan takomillashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat. Natijada ko‘p bosqichli verifikatsiya modeli, riskga asoslangan validatsiya qoidalari tizimi, sababga yo‘naltirilgan differensial imputatsiya algoritmi hamda audit izi yuritiladigan integratsiyalashgan sifat boshqaruvi modeli taklif etildi. Shuningdek, maqolada INI ma’lumotlari sifatini baholash uchun indikatorlar tizimi ham asoslab berildi.

Keywords