Research article
Tashabbusli byudjetlashning infratuzilmaviy samaradorlikka ta’siri
Abstract
Mazkur maqolada tashabbusli byudjetlash tizimining infratuzilma rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Ushbu mexanizm fuqarolar ishtirokini kengaytirish orqali infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirish samaradorligini oshiradi. Tadqiqotda O‘zbekiston va xalqaro tajriba asosida tizimning samaradorligi hamda davlat moliyaviy boshqaruvi bilan bog‘liqligi o‘rganilib, uning infratuzilmani modernizatsiya qilish va mahalliy boshqaruvni yaxshilashdagi roli asoslab beriladi. Shuningdek, tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari suriladi.