Uy-joy narxlarini har oylik kuzatuvdan choraklik kuzatuvga o‘tkazish va chorakning o‘rtasidagi oyni tanlashning metodologik asoslari
Abstract
Maqolada uy-joy narxlarini har oylik kuzatuvdan choraklik kuzatuvga o‘tkazishning statistik va metodologik asoslari yoritiladi. Xalqaro turar joy ko‘chmas mulki narxlari indeksi (RPPI — Residential Property Price Index) qo‘llanmalari uy-joy narxlari indekslarini oylik ham, choraklik ham tuzish mumkinligini tan olsa-da, ma’lumotlar hajmi, sifat nazorati va e’lonlar ma’lumotlarining takrorlanishi sharoitida choraklik kuzatuv ko‘pincha barqarorroq yechim beradi. Maqolada ayniqsa onlayn e’lonlar manbasida bir obyektning ketma-ket oylarda qayta joylanishi natijasida yuzaga keladigan ortiqcha og‘irliklanish muammosi tahlil qilinadi. Shu asosda, chorakning uch oyini to‘liq birlashtirish o‘rniga, chorakning aynan o‘rtasidagi oyni tanlash mualliflik metodik taklifi sifatida asoslanadi. Mazkur yondashuv to‘liq deduplikatsiya mexanizmi yo‘q yoki zaif bo‘lgan holatda takroriy e’lonlar ta’sirini kamaytirish, chorak ichidagi mavsumiy tebranishlarni yumshatish va hedonik time-dummy model uchun nisbatan toza ma’lumotlar to‘plamini shakllantirishga xizmat qiladi.