Skip to content
Research article

Barqaror rivojlanish va ESG ekotizimining institutsional barqarorligini ta’minlashda milliy statistika tizimining roli

From the paper

Bugungi kunda global iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi barqaror rivojlanish tamoyillarini (BRM) amaliyotga keng joriy etishni taqozo etmoqda. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kundan kunga kamayib borayotganligi, ijtimoiy tengsizlik kuchayishi, korporativ boshqaruvdagi muammolar kabi omillar davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarni yangi rivojlanish modelini shakllanishiga turtki bo’ldi. Shu nuqtai nazardan ham, barqaror rivojlanish konsepsiyasi hamda ESG tamoyillari hozirgi kun iqtisodiy siyosatning muhim tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. ESG ekotizimi iqtisodiy faoliyat natijalarini nafaqat moliyaviy samaradorlik nuqtai nazaridan, balki ekologik, ijtimoiy mas’uliyat va boshqaruv sifatini hisobga olgan holda baholash imkoniyatini yaratadi. Ushbu tamoyillar davlat organlari, moliyaviy institutlar hamda biznes subyektlari uchun qaror qabul qilish jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yashil iqtisodiyotga o‘tish, uglerod emissiyalarini kamaytirish, inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va mas’uliyatli investitsiyalarni rivojlantirishda ESG indikatorlari strategik vosita sifatida xizmat qilmoqda. Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda ESG ekotizimi konsepsiyalari oʻzaro uzviy bogʻlangan.

Read the full text (PDF) →