Skip to content
Research article

Oziq-ovqat sanoati korxonalarida “yashil samaradorlik indeksi” ko`rsatkichini joriy etish

From the paper

Yangi O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida “yashil” iqtisodiyot tamoyillari asosida iqtisodiyot tarmoqlarini, jumladan, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalasiga keng e'tibor qaratilmoqda. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish kabi maqsadlar belgilandi. Mazkur maqsadlar doirasida sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish va 2,5 millionta yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, yirik korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va hududiy korxonalar bilan kooperasiya aloqalarini kengaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming MVt hamda jami iste'moldagi ulushini 40 foizga yetkazish, sanoatda “yashil sertifikat”lar bozorini rivojlantirish va “ekologik markirovkalash” amaliyotini joriy qilish va boshqa bir qancha vazifalar belgilandi. Mamlakatimiz Prеzidеnti SH. Mirziyoyev Korеya Rеspublikasida o‘tkazilgan “Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030” (P4G) ikkinchi хalqaro sammitidagi nutqlarida alohida gapirib o‘tdilar.

Read the full text (PDF) →