Kambag‘allikni qisqartirishning xalqaro tajribalari va ularni milliy amaliyotga tatbiq etish istiqbollari
From the paper
Zamonaviy dunyoda kambag‘allik global muammolardan biri bo‘lib, u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Kambag‘allikni qisqartirish masalasi xalqaro tashkilotlar, davlatlar va fuqarolik jamiyatlari diqqat markazida bo‘lib, bu borada turli mamlakatlarda samarali strategiyalar va dasturlar ishlab chiqilgan. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari kambag‘allikni kamaytirishning ilg‘or mexanizmlarini yaratishda muhim tajriba to‘plagan. Bugungi kunga kelib, kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha turli model va yondashuvlar ishlab chiqilgan. Ayrim davlatlar iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishga erishish orqali kambag‘allikni kamaytirsa, boshqalar ijtimoiy himoya dasturlarini kengaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish yo‘li bilan aholi turmush darajasini yaxshilashga harakat qilmoqda. Shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashishda zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tadqiqotda kambag‘allikni qisqartirish borasida dunyoning ilg‘or mamlakatlarida qo‘llanilayotgan samarali mexanizmlar tahlil qilinadi. Jumladan, Skandinaviya davlatlari, AQSh, Xitoy va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning tajribasi ko‘rib chiqilib, ularning ijobiy natijalari tahlil qilinadi.