Skip to content
Research article

Kichik biznes va tadbirkorlik salohiyati omillari hamda ularning o‘ziga hos xususiyatlari

From the paper

Milliy iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, u bilan bog‘liq muammolarni yechimini topish hamda moliyalashtirish masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etish buyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ―Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat‖ deb, ta‘kidlagan [1]. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish va ularni asoslashni, sohadagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni yanada izchil davom ettirishni talab etadi. Odatda, biron bir ijtimoiy-iqtisodiy voqea va hodisalarni o‘rganish avvalo uni nazariy jihatdan asoslashdan boshlanadi.

Read the full text (PDF) →