Monetar siyosatni takomillashtirish orqali tijorat banklari likvidliligini ta’minlash yo‘llari
Аннотация
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari qaror topayotgan hamda mulkchilikning turli shakllariga mansub korxonalar, jumladan, xususiy mulkdorlar sinfi paydo bo‘layotgan sharoitda investitsiyalarni kreditlash muammolari tijorat banki uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga O‘zbekiston iqtisodiyotini hududiy va tarmoq tarkibini iqtisodiy siyosat manfaatlari yo‘lida tartibga solish maqsadida investitsion jarayonlarni moliyalashning bozor mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish iqtisodiy taraqqiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ana shu keng miqyosli vazifalarni hal etish tijorat banklari o‘zlarining investitsion portfellarini oqilona tashkil etish va ularni samarali boshqarish orqali o‘z mablag‘larini yanada ko‘paytirish hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashning noan’anaviy manbalarini izlab topish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy izlanishlarni olib borishni talab etadi.