Перейти к содержанию

Аннотация

Ushbu tezisda qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishda investitsiyadan samarali foydalanish haqida ko‘rib chiqiladi. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, iqtisodiy rivojlanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun investitsiyalardan oqilona foydalanish muhimdir. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun bir qator asosiy jihatlar mavjud. Maqolada investitsiyalarni jalb qilishning turli usullari, jumladan davlat budjeti, xususiy sektor va xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida investitsiyalardan samarali foydalanish uchun zarur bo‘lgan strategiyalar, masalan, suv resurslaridan tejamkor foydalanish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va fermerlar o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish keltirilgan.Natijada, maqola qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishni rivojlantirish va investitsiyalarni samarali boshqarish orqali iqtisodiy barqarorlikni oshirishga qaratilgan tavsiyalarni taqdim etadi. Ushbu tadqiqot qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar va siyosatchilar uchun foydali manba bo‘lishi kutilmoqda.

Ключевые слова