Tugallanmagan qurilish va qurilish ob’ektlari tannarxini tahlili
Аннотация
Qurilish milliy iqtisodiyotning mustaqil alohida tarmog‘i bo‘lib, yangi asosiy fondlarni yaratish hamda faoliyat yurgizayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini qayta qurish, kengaytirish, ta’mirlash va texnik qayta jihozlash uchun mo‘ljallangan. O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlari bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkiclarining o‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Statistik ma’lmotlarga ko‘ra 2022 yil qurilishda ijro 130791 mlrd so‘mni, 2023 yilda 150793 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024 yilda 235581 mlrd so‘m bo‘lishi kutilgan. Mazkur ko‘rsatkichlarning 2025-2026-2027 yillarda mos ravishada o‘tgan davrlarga nisbatdan 14,2; 10,2; 7,3 foizga o‘sishi prognoz qilingan. Shu sababdan, qurilishda faoliyat ko‘rsatayotgan biznes sub’ektlari faoliyatini iqtisodiy tahlili asosida samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish davr talabi hisoblanadi.