Bank tizimini innavatsion isloh qilish sharoitida tijorat banklarini transformatsiyalashning ilmiy-amaliy ahamiyati
Аннотация
Ushbu maqolada bank tizimini innovatsion isloh qilish jarayonida tijorat banklarini transformatsiyalashning ilmiy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va bank xizmatlarini raqamlashtirish tijorat banklarining faoliyat samaradorligini oshirishdagi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Mualliflar bank xizmatlarining sifatini oshirish, mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini yoritadi. Shuningdek, maqolada tijorat banklarining raqamli transformatsiyasi bo‘yicha xalqaro tajriba va mahalliy amaliyotlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinib, rivojlanish yo‘nalishlari taklif etilgan. Mazkur maqola tijorat banklari rahbarlari, iqtisodchilar va bank tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.