Перейти к содержанию
Научная статья

Tadbirkorlik rivoji va bandlik: aholi farovonligini oshirish yo‘li

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.24320928

Аннотация

Mazkur maqolada kichik tadbirkorlik subyektlarining tashkil etilishi va rivojlanishi aholi farovonligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikka erishishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida aholi real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati, ishsizlar soni va yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni o‘rtasidagi bog‘liqlik MANOVA (ko‘p o‘zgaruvchili dispersiya tahlili) yordamida tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari ishsizlikni kamaytirishda sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va iqtisodiyotda bandlikni oshirishning samarali vositasi hisoblanadi. Biroq, tadbirkorlikning aholi daromadlari o‘sish sur’atiga ta’siri nisbatan past bo‘lib, daromadlarni oshirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar zarurligi qayd etilgan. Maqolada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Ushbu ish kichik biznesning rivojlanishi va davlat siyosatining ahamiyatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etadi.

Ключевые слова