Mamlakatimizda innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishning davlat va bozor mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari
Аннотация
Ma’lumki, innovatsiyalarni davlat tomonidan bevosita moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari odatda, tavakkalichilik darajasi o‘ta yuqori bo‘lib, katta xarajat va ularni qoplash uchun uzoq muddat talab qiladigan, tijorat yo‘nalishlari noaniq bo‘lgan, manfaatdorlik darajasi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmaydigan sohalarga qaratiladi. Bundan tashqari, davlat o‘zi asosiy xaridor bo‘lib, yuqori texnologik xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi sohalarda olib borilayotgan ITTKI larini yoki jahon bozorida raqobat kuchayishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rishi aniq bo‘lib qolgan sharoitlarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda bevosita usuldan foydalanadi. Shu nuqtai nazardan, mazkur ishda mamlakatimizda innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishning davlat va bozor mexanizmlari rolini oshirish hamda ushbu masalaga oid istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilingan.