Перейти к содержанию
Научная статья

O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining fond birjasiga ta’siri

Аннотация

Ushbu maqola O‘zbekiston fond birjasining hozirgi holatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada O‘zbekiston fond birjasining rivojlanish tarixi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda bozorning istiqbollari keng yoritilgan. Bozorning hozirgi struktura va savdo faoliyati, texnologik integratsiya va yangi moliyaviy vositalar kiritish kabi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston fond birjasining likvidlik, regulyatsiya va xavfsizlik masalalaridagi muammolari, moliyaviy savodxonlikning pastligi va xalqaro investorlarga nisbatan cheklovlar keltirilgan. Shu bilan birga, bozorni rivojlantirish va global miqyosda integratsiya qilish uchun zarur bo‘lgan qadamlar, jumladan raqamli iqtisodiyotga o‘tish va yangi investitsiya vositalarini joriy etish masalalari tahlil qilinadi. Maqola, O‘zbekistondagi fond bozorining salohiyatini ochib beradi va uning rivojlanish istiqbollariga oydinlik kiritadi.

Ключевые слова