Sanoat ishlab chiqarishda logistika xarajatlarini sun’iy intellekt orqali kamaytirish
Аннотация
Sanoat ishlab chiqarishida xarajatlarni minimallashtirish doimiy muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Bu jarayonda logistika xarajatlari katta o‘rin tutadi, chunki mahsulotning talab qilingan joyga yetib borishi va ta’minot zanjirining har bir bosqichi puxta boshqaruvni talab qiladi. Logistika jarayonlari qanchalik samarali va tejamkor bo‘lsa, ishlab chiqarish tannarxi shunchalik pasayadi, va bu nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki raqobatbardoshlikni ham kuchaytiradi. Bugungi kunda logistika jarayonlarini optimallashtirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ahamiyati ortib bormoqda. SI texnologiyalari orqali katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, jarayonlarni avtomatlashtirish va real vaqt rejimida qaror qabul qilish imkoniyati yaratiladi, bu esa ishlab chiqarish korxonalari uchun logistika xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.