Перейти к содержанию
Научная статья

Inson kapitalini rivojlantirishning milliy barqaror rivojlanishdagi ahamiyati

Из текста статьи

Barqaror rivojlanish maqsadlari mahalliy va milliy darajadagi taraqqiyotni rivojlantirish uchun ham muhimdir. Shuning uchun milliy va mahalliy hukumatlar asosiy rolni bajarishi kerak. Barcha insonlar, er va jamiyat uchun barqaror kelajakni yaratish ular o‘z majburiyatlarini belgilab olishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi BMT bilan hamkorlikda Barqaror rivojlanish maqsadlarIga erishish uchun amaliy ishlarni amalga oshirmoqda. Qashshoqlikni bartaraf etish, ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va bandlik sohasida, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi qator muammolarni hal qilish bo‘yicha sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Inson kapitali sifatini ta’minlash barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning muhim omili sifatida, har qanday mamlakat hukumatining ustivor vazifalaridan biridir, shundan kelib chiqqan holda, har bir mamlakat yosh avlodning kelgusida jamiyatda munosib o‘rin egallashi va raqobatbardosh kadrga aylanishi, hayotda muvaffaqiyatga erishishiga xizmat qiluvchi bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Читать полный текст (PDF) →