Перейти к содержанию
Научная статья

Chorvachilik korxonalari faoliyatidagi o‘zgarishlarni o‘rganishda narxlar indeksi

Из текста статьи

Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go‘sht hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi. Keyingi yillarda ushbu sohada zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning turlarini kengaytirish bo‘yicha tub islohotlar amalga oshirildi. Bu sa‘y-harakatlar natijasini har bir chorvador o‘z faoliyatida sezmoqda va his etmoqda. Xususan, chorvachilik tarmog‘i oxirgi olti yilda islohotlarga yuz tutdi. O‘tgan davrda agrar tarmoqda katta o‘zgarishlar, yangilanishlar bo‘ldi. Ko‘p yillar davomida chorvadorlarni o‘ylantirib, tashvishga solib kelgan muammolar qisqa fursatda hal etildi, ularning xohish-istaklari, orzu-umidlari ro‘yobga chiqa boshladi. Ilgarlari 200 bosh nasilli mollarni boqayotgan fermerlarga qoyil qolishardi, hozir fermer va klasterlarimiz 10 minglab nasilli mollar, 100 minglab ko‘y echkilar parvarishlab, elimiz dasturxoniga sifatli sut va go‘sht mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Ayniqsa, bozordagi narxlar barqarorligini ta‘minlab beryapti.

Читать полный текст (PDF) →