Qurilish korxonalari hisobotini MHXS asosida tuzish va taqdim etish
Из текста статьи
Bugungi kunda respublikamizda har bir sohada rivojlanish ishlari hamda islohotlar olib borilmoqda, bu o‘rinda qurilish sohasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 319 Bu sohani takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturlari, ular ijrosini ta‘minlash, tarmoqda islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar natijasida bunyodkorlik ko‘lamlari tobora kengayib bormoqda. Biz bunga misol qilib qurilish sohasi rivojlantirishning 2021-2025 yillargacha mo‘ljallangan strategiyasini keltirishimiz mumkin. Shuni ham ta‘kidlab o‘tishimiz kerakki, qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni (Respublika bo‘yicha) ham jadal ravishda o‘sib kelmoqda. 2020 yil 1 yanvar holatiga 22 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bunday tashkilotlar soni 1,8 barobar o‘sib, 40,3 mingtaga yetdi. Bu esa o‘z navbatida qurilish tashkilotlarida investitsiya jalb qilishga hamda hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish va taqdim etishga olib keladi. Bizga ma‘lumki xalqaro moliyaviy hisobot standartlari qat'iy ravishda belgilangan qoidalarda emas, balki prinsiplarga asoslangan standartlardir.