Zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalari: muammo va yechimlar
Из текста статьи
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kungi ta’lim tarbiya jarayonida keng qo‘llanilayotgan va talab qilinayotgan metodlardan biri bu – innovatsion-pedagogik va axborot ta’lim texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojdir. Chunki, zamonaviy o‘qitishning yangi ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish bir vaqtning o‘zida joriy etilishi zarur bo‘lgan dolzarb ta’lim texnologiyalaridan biri hisoblansa, ikkinchi tomondan ko‘pchilikning ko‘nikishi qiyin bo‘lgan sun'iy muammo sifatida gavdalanmoqda. Masalaning dolzarbligi shundaki, bugun O‘zbekistondagi ta’lim sifati xorijiy davlatlar ta’lim standartlaridan katta farq qilishi mumkin emas, chunki Davlatimiz islohotlariningn muhim tarmoqlaridan biri ham ta’lim sifatiga qaratilgan. Qolaversa maqsadimiz, ta’lim sifati va ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyodagi top 1000, top 100 talik universitetlar qatoridan joy olish hisoblanadi. Shuning uchun Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ta’lim jarayonida zamon talabiga mos ravishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanishlari shart va majburdirlar. Aks holda mazkur talabga javob bermaydigan professor-o‘qituvchi kelgusida OTM sohasida pedagogik faoliyat olib borishi muammoni paydo qiladi.