Перейти к содержанию
Научная статья

Amir Temurning moliya sohasidagi faoliyati haqida

Из текста статьи

Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida ulug‘ bobokalonimiz, sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur iqtisodiy g‘oyalari, u ishlab chiqqan va amalda yuritgan iqtisodiy siyosat mislsiz ahamiyatga ega. Amir Temur iqtisodiy g‘oyalarining o‘ziga xos ulug‘vorligi shundaki, ular hayoliy emas, balki real hayotdan kelib chiqqan va unda o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham bu g‘oyalar o‘zining amaliy hayotiy ahamiyatini yo‘qotmay kelayotir. Amir Temurning iqtisodiy g‘oyalari «Temur tuzuklari» asarida bayon etilgan. Unda Sohibqironning mamlakatni boshqarish, uni rivojlantirib borish qoidalari, tamoyillari, yo‘l-yo‘riqlari o‘z ifodasini topgan. Bu asarda iqtisodiyotni tashkil etish, barqarorlashtirish, tartibga solib borish, uni barqaror sur’atlar bilan yuksaltirib borishga oid qimmatli iqtisodiy tavsiyalar jamlangan. Ulug‘ bobomiz Sohibqiron Amir Temurning iqtisodiy me’rosini o‘rganar ekanmiz, uning mamlakatni idora etishda olib borgan moliya sohasidagi, maosh va ulufa sohasidagi, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida va soliq ishlari e’tiborimizni o‘ziga jalb etadi.

Читать полный текст (PDF) →